Oliy Liga ikkinchi davrasidan e’tiboran Toshkentning “Lokomotiv” klubi safiga kelib qo‘shilgan turkmanistonlik futbolchi Artur Gevorkyan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritsa, sochlarini tag-tugi bilan olib tashlashi haqida aytib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Shahboz Beg‘amovning “Championat.asia” saytidagi maqolasi uning shu va’dasini eslatish bilan yakunlanadi:
“Ha aytgancha, Artur Gevorkyan o‘tgan yilgi intervyusida agarda O‘zbekiston chempioni nomini qo‘lga kiritsa, sochini tagi bilan oldirib tashlashga va’da bergandi. Davralar oralig‘ida ‘Loko’ga ko‘chib o‘tayotganida bu va’dasini eslatdim. U ‘men erkakman, va’damning ustidan albatta chiqaman’, deya javob bergandi”, — deyilgan maqolada.
Ma’lumot uchun, Artur Gevorkyan O‘zbekistonda erishish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan birinchi xorijlik futbolchidir.
Izoh (0)