2016-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Makka shahrida Saudiya Arabistonining tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Nizar Madani hamda IHTning yangi bosh kotibi Yusuf Ahmad al-Usaymin bilan uchrashuv va muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari hamda oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IHT tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 43-sessiyasida e’lon qilingan tashkilot TIVKda O‘zbekiston raisligining ustuvor vazifalarini amalga oshirishga doir masalalar batafsil muhokama qilindi.
Izoh (0)