O‘rta Yer dengizida, Liviya sohillarida halokatga uchragan kema bortida bo‘lgan yuzga yaqin muhojir bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda, “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Halokat chog‘ida ‘Argos’ kemasi bortida 130 kishi bor edi, ulardan 27 nafari qutqarib olindi”, — deyiladi tashkilot xabarnomasida.
Bundan tashqari, qutqaruvchilar dengiz tubidan yetti nafar muhojirning tanasini topdi. Shu tariqa, joriy haftada O‘rta Yer dengizida halok bo‘lgan muhojirlar soni 340 kishiga yetdi.
Izoh (0)