Afg‘onistondagi umumiy beqarorlikka qaramay, mamlakatning yirik shaharlari tinch va xavfsiz, shu tufayli Germaniya hukumati 12539 nafar Afg‘oniston fuqarosini o‘z yurtiga qaytarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
2015-yilda Germaniyadan to‘qqiz nafar, 2016-yilning shu davriga qadar esa 27 nafar afg‘onistonlik kishi chiqarib yuborilgan edi. Mamlakat IIV hisob-kitoblariga qaraganda, Germaniyada 247 mingga yaqin afg‘onistonlik qochqin istiqomat qiladi.
Afg‘onistonda tez-tez teraktlar ro‘y berishi tufayli jamoatchilik u yerdan kelgan boshpanaga da’vogarlarga nisbatan qanday ish tutish kerakligi haqida yagona fikrga ega emas. Shu bois Bundestagdagi So‘l partiya fraksiyasi hukumatdan bu qadar ko‘p qochqinning chiqarib yuborilishini tushuntirib berishni talab qildi. Fraksiya a’zosi Ulla Yelpke hukumatni bundan buyon fuqarolik urushi ketayotgan mamlakatga bu qadar ko‘p odamni ketkazib yubormaslikka chaqirdi.
Izoh (0)