Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turi start oldi. Uning birinchi o‘yinida “Obod” va “Andijon” klublari o‘zaro maydonga tushdi — 0:0.
Mazkur durang natija Toshkentning “Obod” klubini turnir jadvalida bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi. Uning kabi 23 ochkosi bor “Qo‘qon—1912” to‘plar nisbatiga ko‘ra bitta pastroqda qayd etilgan. “Andijon” klubi 1-ligaga tushib ketishga juda yaqin turibdi. Nazariy jihatdan vaziyatni o‘nglash uchun imkoniyat bor.
“Andijon”ga qarshi uchrashuvning 43-daqiqasida Ravshan Ermatov mezbonlardan Doniyor Hasanovni maydondan chetlatdi. Shunga qaramay toshkentliklar gol o‘tkazib yubormaslikni uddalay oldi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 29-tur bellashuvi 16-noyabr, chorshanba
“Obod” — “Andijon” 0:0
Chetlatish: Doniyor Hasanov, 43 (O).17-noyabr, payshanba“Neftchi” — “Qizilqum”“Mash’al” — “Buxoro”“Bunyodkor” — “Navbahor”
18-noyabr, juma“Lokomotiv” — “Metallurg”“Olmaliq” — “Paxtakor”“Sho‘rtan” — “Qo‘qon—1912”
19-noyabr, shanba“So‘g‘diyona” — “Nasaf”
Izoh (0)