Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 8–16-noyabr kunlari og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 10 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Eron va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqaning dastlabki kunida Adhamjon Ergashev -62 kilogramm vazn toifasida umumiy 272 kilogramm natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi va Osiyo chempioni nomiga loyiq deb topilgandi.
Osiyo chempionati davomida Farhod Sobirov va Omadoy Otaqo‘ziyeva kumush, Muattar Nabiyeva, Aleksandr Li va Shahzod Xudoyberganov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)