AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi Kley shaharchasi meri Beverli Ueyling Facebook’da AQSh prezidenti Barak Obamaning turmush o‘rtog‘i Mishel Obamani haqoratlovchi videoga izoh qoldirganidan so‘ng iste’fo berdi. Bu haqda, AP agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Kley shahri kengashi merning iste’foga chiqish arizasini qondirdi. Ueyling vakolat muddati 3 yildan so‘ng yakuniga yetishi kerak edi.
“Jamiyatmizda irqchilikka o‘rin yo‘q”, – dedi Kley shahri kengashi a’zosi Jeyson Xabbard.
Kley shahridagi Clay County Development notijorat tashkiloti rahbari Pamela Teylor AQSh prezidenti saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongach, Facebook’dagi sahifasida mamlakatning bo‘lajak birinchi xonimi Melanya Tramp va Mishel Obamani taqqoslaganidan so‘ng mojaro ajv oldi.
“Oq uyda zamoniviy, chiroyli, munosib birinchi xonimni ko‘rish ajoyibdir. Men poshnadagi maymunni ko‘rishdan charchadim”, – deya videomurojaat qoldirdi Pamela Teylor.
Kley shahri meri Beverli Ueyling esa ushbu videoga “Meni xursand qilding, Pem” deb izoh qoldirdi. Shundan so‘ng har ikki ayol irqchilikda ayblandi, jamoat esa Teylor va Ueylingni o‘z lavozimlaridan ozod etilishini talab qildi.
Mojarodan so‘ng Clay County Development rahbari ma’muriy ta’tilga yuborildi. Kley shahri meri esa qilgan ishi uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Keyinroq u iste’foga chiqishga qaror qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.