Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi a’zolari OAV bilan muloqot qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda terma jamoa sardori Lionel Messi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Argentina terma jamoasi futbolchilari matbuot bilan gaplashmaslikka qaror qildi. Bizga nisbatan jiddiy ayblovlar qo‘yildi. Agar bu ishni hozir qilmasam, hech qachon amalga oshirmaymiz. Matbuot o‘yinini o‘ynashda davom etsak, ularning qurboniga aylanamiz. Afsus, ammo boshqa ilojimiz yo‘q”, – dedi Messi.
Radio Mitre jurnalisti Gabriel Anelyo Argentina terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi (3:0) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 12-turi oldidan Esekyel Lavessini marixuana chakishda ayblagani uchun argentinalik futbolchilar shunday qarorga keldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)