Janubiy Koreyaning Samsung Electronics Co korporatsiyasi AQShning avtomobillar uchun audiotizimlar ishlab chiqaruvchi Harman International Industries Inc kompaniyasini 8 milliard dollarga xarid qiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ushbu shartnoma Samsung’ning Janubiy Koreya tashqarisidagi eng yirik xaridi bo‘ladi.
Kompaniya Harman’ning har bir aksiyasiga 112 dollar taklif qilmoqda. Bu aksiyalarning Nyu-York fond birjasidagi oxirgi narxidan (87,65 dollar) 28 foizga ko‘proqdir.
Samsung Fiat Chrysler Automobiles NV (FCA) kompaniyasining bir qancha aktivlarini sotib olmoqchi edi, ammo bir necha hafta muqaddam bu boradagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)