Namanganlik dasturchilar Devon deya nom olgan mobil dasturni foydalanuvchilarga taqdim etdi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.
Dasturdan viloyatning geografik joylashuvi, korxona va tashkilotlari haqida to‘laqonli ma’lumot olish mumkin.
— Devon axborot oluvchiga o‘zi qiziqayotgan ma’lumotlarni bir zumda yetkazadi. Jami 272 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishlar bo‘yicha korxona, tashkilotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, — deydi loyiha muallifi Laziz Nosirov. — Ushbu dastur Android platformasida ishlaydi, Google Play Market internet do‘konida mavjud. Boshqa tizimlar uchun ham yaratish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)