“Manchester Yunayted” jamoasining to‘rt nafar futbolchisi, jumladan, argentinalik himoyachi Markos Roxo va uning hamyurti darvozabon Serxio Romero “Chelsi”ga qarshi (0:4) APL 9-turi oldidan Londondagi mehmonxonaga Manchesterdan sartarosh chaqirtirdi. Bu haqda, Mirror nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, futbolchilarning bunday xatti-harakati bosh murabbiy Joze Mourinyoning jahlini chiqardi. Portugaliyalik mutaxassisni futbolchilar o‘yinga tayyorgarlikdan chalg‘igani g‘azablantirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)