15-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari JCh—2018 saralash bosqichi doirasida maydonga tushadi.
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonlik futbolchilar bellashuvni ko‘k rangli libosda o‘tkazadi. Mezbon Janubiy Koreya esa o‘zining an’anaviy uy libosi — qizil rangli futbolkalarda maydonga chiqib keladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Samvel Babayan boshqaruvida 16 uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasida ko‘k rangli libosda harakat qilgan.
“Championat.asia” nashri esa Janubiy Koreya darvozasiga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar nomini keltirib o‘tdi. Bu borada Aleksandr Geynrixga yetadigani yo‘q. O‘zbekiston termasi koreyaliklar postiga 13 ta o‘yinda 13 ta gol urgan bo‘lsa, shularning to‘rtdan biri Geynrixga tegishlidir.
Janubiy Koreya darvozasiga, shuningdek, Server Jeparov, Stanislav Andreyev, Azamat Abduraimov, Oleg va Maksim Shatskixlar, Andrey Fyodorov, Sanjar Tursunov, Ibrohim Rahimov, Zohir Qo‘ziboyev kabi futbolchilar gol urgan. Yana 1 ta golni koreyaliklar avtogol shaklida tortiq qilgan.
Izoh (0)