JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasidagi Albaniya — Isroil uchrashuvini boshqarib borgan germaniyalik FIFA referisi Deniz Aytekin albaniyalik muxlislarning haqorat va nafratiga uchradi. Bu haqda, Sport1 portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Albaniya va Isroil o‘rtasida 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda isroillik futbolchilar 3:0 hisobida zafar quchdi. Aytekin uchrashuv davomida Albaniya termasining ikki nafar futbolchisi – Berat Jimsiti (17-daqiqa) va Etrit Berishani (55-daqiqa) maydondan chetlatgandi.
O‘yindan so‘ng hakamning Facebook’dagi sahifasiga albaniyalik muxlislar haqoratli so‘zlar bilan hujum qildi. Deniz Aytekin tomoniga juda ko‘p haqoratli so‘zlar yo‘llangani uchun, u Facebook’dagi sahifasini o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)