Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi Xitoydagi Xalqaro turnirda ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Mezbon Xitoy U23 termasiga qarshi bellashuvda hisob ochilmadi — 0:0. O‘zbekistonlik futbolchilar turnirning 1-turida Meksikadan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Vyetnam va Meksika olimpiyachilari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Qayd etish kerak, vyetnamliklar ilk turda Xitoy bilan ham golsiz durang qayd etgandi.
2-turdan keyin O‘zbekiston 1 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Meksika hisobida 4, qolgan ikki termada esa 2 tadan ochko bor.
Guruhdagi so‘nggi tur bellashuvlari 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnamga qarshi kurash olib boradi.
Xalqaro turnir
1-turO‘zbekiston — Meksika 0:2Xitoy — Vyetnam 0:02-turVyetnam — Meksika 0:0Xitoy — O‘zbekiston 0:0
3-tur (13-noyabr)Meksika — XitoyO‘zbekiston — Vyetnam
Izoh (0)