Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol jamoasi germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger bilan shartnomani to‘xtatmoqchi. Futbolchiga 11 million yevro miqdorida tovon puli to‘lanadi, deb xabar beradi “TASS”.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2018-yilgacha mo‘ljallangan. Bu vaqt ichida Shvaynshtayger 18 million yevro ishlab topishi lozim edi. Shartnoma buzilsa, futbolchi 7 million yevro yo‘qotadi, lekin boshqa jamoa tarkibiga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.
Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2015/2016-yilgi mavsumda jamoa tarkibiga qo‘shilgan germaniyalik futbolchini mashg‘ulotlardan chetlashtirgan edi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Shvaynshtayger talab qilinayotgan darajada o‘yin ko‘rsata olmaydi va shu tufayli o‘ziga yangi jamoa qidirishi lozim. Yarim himoyachi ancha vaqt individual dastur bo‘yicha, shuningdek, dubl bilan ishlab kelgan edi.
Mourinyo, shuningdek, futbolchiga yoshlar jamoasida o‘ynashni ham taqiqlagan edi. Ammo yaqinda Shvaynshtayger asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkaza boshlagan edi.
Izoh (0)