John Lewis do‘konlar tarmog‘i har yillik Rojdestvo reklama videolarining yangi qismini e’lon qildi. Aynan ushbu tarmoq reklamasi chiqishi bilan Rojdestvo mavsumi boshlangan hisoblanadi, deb xabar beradi TJournal.
Reklamaning bu yilgi soni #BuxterTheBoxer nomini olgan bo‘lib, u Bakster laqabli bokschi it haqida hikoya qiladi. Rojdestvo kechasi it batutda sakrab yurgan o‘rmon jonivorlarini kuzatadi.
Joriy yilgi mavsum slogani — “Hammaga xush yoqadigan sovg‘alar”.
Izoh (0)