O‘zbekistonlik gimnastikachi, ketma-ket yettita Olimpiadada ishtirok etgan Oksana Chusovitina dunyo bo‘ylab turne uyushtirmoqda, deb yozdi “Olamsport”.
Olimpiadalarda ishtirok etish bo‘yicha rekordchi hisoblangan Oksana Toshkentdan Germaniyaga uchgan bo‘lsa, keyinroq Meksikaga jo‘nab ketgan. U yerdan AQShga, keyinroq esa Yaponiyaga yetib borgan. Tashriflari davomida tushgan suratlarini Oksana Chusovitina ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib borayotgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)