“Barselona” jamoasi a’zolari Neymar, Lionel Messi va Xavyer Maskerano shaxsiy samolyotda Braziliyaning Belu-Orizonti shahridagi aeroportiga yetib keldi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Janubiy Amerika qit’asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida Braziliya terma jamoasi 11-noyabr kuni o‘z maydonida Argentinani qabul qiladi.
“iSport.ua” nashrining xabar berishicha, havo kemasi Neymarga tegishli bo‘lgan. “Barselona” futbolchilari 6-noyabr, yakshanba kuni “Sevilya”ga qarshi (2:1) Ispaniya chempionatida maydonga tushgani uchun o‘z jamoalaridan bir kun keyin Belu-Orizontiga yetib keldi.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichida 21 ochko bilan guruhda 1-o‘rinda bormoqda. Argentina 16 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan.
Izoh (0)