Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni Menni Pakyao Olimpiadaning ikki karra chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang o‘tkazishga qarshi emas.
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum bu g‘oya bilan chiqish qilgach, uni filippinik Pakyao qo‘llab-quvvatladi. Bu yo‘lda charm qo‘lqop ustasi vazn tashlashga ham tayyor. Lomachenko o‘z janglarini 61,2 kilogramm vazn toifasida o‘tkazib kelmoqda.
Lomachenko ham bu jangga rozilik bersa, Top Rank uni tashkil qilish ishlarini boshlab yuboradi. “Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, ukrainalik bokschi 26-noyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini Las-Vegasda Nikolas Uoltersga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)