Ispaniyaning “Las-Palmas” klubida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Serxio Ezikiyel Arauxo 9 oylik qamoq jazosiga hukm etildi. Bu haqda, Marca nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
26-sentabr kuni Serxio Arauxo avtomobilini taqiqlangan joyda qoldirgani uchun politsiya xodimlari unga ogohlantirish berdi. Muloqot vaqtida huquq-tartibot xodimlari futbolchi mast holatda ekanini payqadi, ammo Arauxo alkogol iste’mol qilganini aniqlaydigan testni o‘tishdan bosh tortdi.
8-noyabr kuni Ispaniya sudi “Las-Palmas” hujumchisini 9 oylik qamoq jazosiga hukm etdi va ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qildi. Futbolchining advokati sud qaroriga shikoyat qilishini ma’lum qildi.
Ispaniya qonuniga ko‘ra, ikki yildan kam bo‘lgan har qanday jazoni sinov muddati ostida o‘tkazish mumkin.
Izoh (0)