Sobiq ittifoqning oxirgi rahbari Mixail Gorbachyovning yuragi operatsiya qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Hozir shifoxonadaman, operatsiya o‘ttiz daqiqa muqaddam tugadi”, — dedi Gorbachyov “RIA Novosti” muxbiri bilan suhbatda.
Sobiq prezident rejali operatsiyada ekanligini va o‘zini yaxshi his etayotganini ma’lum qildi.
Gorbachyov bir necha kun muqaddam kardiostimulyator o‘rnatilishi uchun Moskva shifoxonalaridan biriga yetkazilgan edi. Operatsiyani Markaziy klinik shifoxona vrachi Yevgeniy Bloxin o‘tkazdi.
“Bugun kardiostimulyator o‘rnatdik. Operatsiya o‘tdi. Mixail Sergeyevich yana bir necha kun shifoxonada bo‘ladi. Hammasi yaxshi”, — dedi Bloxin Life nashri bilan suhbatda.
Izoh (0)