Xonanda Umidaxon Hojiyeva u haqda turli mish-mishlarni tarqatayotgan kishilardan nolidi.
Xonanda bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvidagi ishtiroki vaqtida aytib o‘tdi. U Instagram’dagi sahifasida ko‘rsatuvdan parcha e’lon qilgan.
“To‘yingiz bo‘layotgan ekan, deyishdi. ‘Voy o‘lay, qachon, qaysi sanada, men ham bilay, boraman’, dedim”, — deydi Umidaxon.
“Yaqinda bolali ham qilib qo‘yishadi”, — deya qo‘shimcha qildi o‘zi haqidagi mish-mishlarga izoh berarkan Umidaxon Hojiyeva.
Xabar berishlaricha, “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvining Umidaxon ishtirokidagi soni 12-noyabr, shanba kuni 19:30 da namoyish etilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)