Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston U22 terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketgandi. Uning birinchi o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchilar Meksika U21 termasiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida hisob ochilgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib meksikalik futbolchilar ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘lgan.
Musobaqa doirasidagi birinchi uchrashuvda Xitoy Vyetnamni mag‘lub eta olmadi — 1:1. O‘yinning 71-daqiqasiga kelib xitoyliklar maydonda bir kishi kam qolganiga qaramay, durangni ushlab qoldi.
O‘zbekiston termasi o‘zining ikkinchi uchrashuvini 10-noyabr kuni Xitoyga qarshi o‘tkazsa, 13-noyabr kuni Vyetnamga qarshi uchinchi o‘yin bilan turnirdagi ishtirokiga yakun yasaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)