“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya Premyer-ligasida davom etgan 7 o‘yin (609 daqiqa)lik golsiz seriyasiga barham berdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Shvetsiyalik 35 yoshli futbolchi “Suonsi”ga qarshi (3:1) Angliya chempionati 11-turida ikkita gol kiritdi. Uning birinchi goli APL tarixidagi 25 minginchisi bo‘ldi. Ikkinchi goli orqali Zlatan faoliyatidagi gollari sonini 400 taga yetkazib oldi.
2016-yilning yozida mankunianlar safiga kelib qo‘shilgan Ibrahimovich joriy mavsumda jamoaning barcha turnirlarida 17 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)