Futbol bo‘yicha Slovakiya chempionatining 5-divizionidan o‘rin olgan “Nijna” va “Tatran” klublari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan futbolchi ayol hakamning qo‘lini so‘radi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
“Nijna” jamoasi a’zosi Lyubomir Vajechka uchrashuv yon chiziq hakami – Petra Lepachkovaning qo‘lini so‘radi. Futbolchi sevgan qizi o‘zi ishtirok etadigan o‘yinga tayinlanishini bilgan va uning qo‘lini so‘rash uchun ushbu kunni kutgan.
Qiz futbolchining taklifiga rozilik bildirib, bu uning hayotidagi eng baxtli kun bo‘lganini aytdi.
Izoh (0)