Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Almaty Towers biznes markazida avj olgan yong‘in binoga tarqalib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Olov majmuaga kiruvchi Cinema Towers 3D kinoteatridan boshlangani muqaddam xabar qilingan edi.
Shahar favqulodda vaziyatlar departamenti rasmiy vakili Sandug‘ash Baymuxambetovaning so‘zlariga qaraganda, qurbon is gazidan zaharlanib o‘lgan.
Binodan 80 kishi evakuatsiya qilindi. O‘t o‘chirish va qutqaruv ishlariga 150 kishi hamda 34 texnika birligi jalb etildi.
Izoh (0)