Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasining sobiq a’zosi Xuan Sebastyan Veron futbolchilik faoliyatini qayta tiklamoqchi. Bu haqda, Goal nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Veron Argentinaning “Estudiantes” klubi safida o‘z ishtirokini davom ettirish istagini bildirgan. Sobiq futbolchi aynan ushbu klubning prezidenti hisoblanadi.
Veron 2017-yilda maydonga qaytish uchun mashg‘ulotlarga kirishdi va 9-martda 42 yoshga to‘lganidan so‘ng faoliyatini tiklamoqchi. Shu yo‘l orqali u “Estudiantes”ning chiptalar sotuvidan daromadini oshirish niyatini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Xuan Sebastyan Veron Argentinaning “Estudiantes” va “Boka Xuniors”, Italiyaning “Sampdoriya”, “Parma”, “Latsio” va “Inter” hamda Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p surgan. 2014-yili u faoliyatini yakunlagan edi.
Izoh (0)