Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi Liviya qirg‘oqlarida yuz bergan ikki halokat oqibatida 239 nafar muhojir halok bo‘lganini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Avvalroq halokat oqibatida 200 kishi qurbon bo‘lgani bildirilgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular G‘arbiy Afrikadan yo‘lga chiqqan va O‘rtayer dengizini rezina qayiqlarda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Birinchi kemadan 29 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi, qolgan 120 kishi halok bo‘lgan ko‘rinadi. 120 nafardan ortiq odam bo‘lgan ikkinchi kemada atigi 2 kishi omon qolgan.

Boshqarma vakillariga ko‘ra, 3-noyabr, payshanba kuni sodir bo‘lgan mazkur fojia qurbonlarini ham hisoblaganda joriy yilda O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan muhojirlar soni 4200 kishiga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi