AQSh Federal qidiruv byurosi va Amerika razvedkasi Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton kampaniyasini obro‘sizlantirishga yo‘naltirilgan qalbaki hujjatlarni o‘rganmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda Reuters’ga vaziyatdan xabardor manbalari ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu AQSh amaldorlari fikricha, Rossiyaning prezident saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinishi haqidagi yirikroq tekshiruvning bir qismi hisoblanadi.
Senator Tom Karper tekshirilayotgan qalbaki hujjatlardan biri haqida gapirib berdi. Soxta deb tan olingan xatda Karper, go‘yoki, Klintonga uning saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari haqida yozadi.
Amerika razvedkasi amaldorlari Klinton kampaniyasiga ushbu xatti-harakatlar ortida saylovlarga bo‘lgan ishonchni yakson qilish niyatidagi Rossiya hukumati turganini aytgan.
Ayni paytda ushbu hujjatlar qanday paydo bo‘lgani va qayerdan tarqalganligi noma’lum.
Izoh (0)