Angliyaning “Lester” futbol klubi darvozaboni Kasper Shmeyxel Daniyaning “Kopengagen” jamoasiga qarshi (0:0) YChL 4-tur uchrashuvini singan qo‘li bilan o‘tkazdi. Bu haqda, Sky Sports portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shmeyxel uchrashuv avvalida jarohat olib, 1 soatdan ortiq singan qo‘li bilan o‘ynadi hamda bir necha vaziyatda jamoasini goldan saqladi. Jarohati tufayli daniyalik posbon 4–6 hafta maydonga tusha olmaydi.
Kasper Shmeyxel Yevropa Chempionlar Ligasi mavsumining dastlabki to‘rt o‘yinida gol o‘tkazmagan birinchi darvozabonga aylandi.
Ma’lumot uchun, ertaga 30 yoshini qarshi oladigan darvozabon 2015/16-yilgi mavsumda “Lester” bilan Angliya chempioni bo‘ldi. Daniyalik darvozabon “tulkilar” safida 198 o‘yin o‘tkazib, 216 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)