Ispaniyaning yangi shakllantirilgan hukumati a’zolari qirol Filipp VI oldida qasamyod qildi. Marosim monarxning “Sarsuela” qarorgohida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
13 nafar hukumat a’zosi navbatma-navbat, qo‘lini Ispaniya konstitutsiyasiga qo‘ygan holda o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishga qasamyod qildi.
Bosh vazir Mariano Raxoy 3-noyabr kuni yangi hukumat tarkibini tanishtirdi. Bu safar vazirlar mahkamasiga besh nafar ayol kirdi — 2011-yildagi hukumatda to‘rt ayol bor edi. Bundan tashqari, hukumatda olti yangi shaxs paydo bo‘ldi. Xususan, ichki ishlar, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari almashdi.
Izoh (0)