Angliyalik Darren Blend Football Manager kompyuter simulyatorini o‘ynash davomiyligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Blend Italiyaning “Fiorentina” jamoasida 154 mavsum o‘tkazib, 151 tasida chempion bo‘ldi. Real vaqtda u mazkur natijaga erishish uchun 173 kun, 16 soat va 51 daqiqa sarfladi.
Qayd etilishicha, Darren Blend natijasini yaxshilashi mumkin edi, ammo u noutbuk ustiga kofe to‘kib yuborganidan so‘ng barcha raqamli ma’lumotlar yo‘qoldi.
Angliyalik erkakning natijasi Ginnesning rekordlari kitobining 2017-yilgi nashriga kiritiladi.
Izoh (0)