Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Pokistonning Karachi shahrida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi va 40 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: GeoTV

Foto: GeoTV

“Kasalxonaga 11 kishining jasadi olib kelindi, 40 kishi turli jarohatlar bilan yotqizildi”, — deya ma’lum qildi shahar kasalxonalaridan birining shifokori. Karachi va boshqa aholi punktlari o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi.

“Sinxua” agentligiga ko‘ra, stansiyada turgan poyezd tartibga soluvchi tomonidan adashib uning yo‘liga o‘tkazilgan boshqa poyezd bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi