Turkiya prokuraturasi 15-iyul kungi muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumonlanayotgan 137 nafar universitet o‘qituvchilarini hibsga olish uchun ruxsatnomalar berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Anqara prokuraturasidagi ma’lumotlarga qaraganda, 33 nafar gumonlanuvchi hibsga olib bo‘lindi, 22 nafari esa xorijda yashiringan deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)