Avstraliyalik suratkash Kolin Loui kartoshkadan pinxol-kamera yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Nashrning eslatishicha, ingliz tilida “potato quality” — “kartoshka sifati” degan ibora bo‘lib, u o‘ta sifatsiz fotosuratni ifodalaydi.
Kolin Loui pinxol-kameralar (obyektivning o‘rnini kichik tirqish bosadigan kameralar) yaratish bilan shug‘ullanadi. U aynan shu iborani haqiqatga aylantirish maqsadida kartoshkadan foydalanishga qaror qildi.
Buning uchun Louiga katta kartoshka, konserva bankasi, muzlatkich magniti, ikkita quti, izolyatsion tasma va bir nechta rezina kerak bo‘ldi.
24-oktabr kuni Loui baobab mevasidan fotoapparat yasab, internetda mashhur bo‘lgan edi.
Izoh (0)