Sochi yaqinida (Rossiya) kichik xususiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea Sochining Adler tumanida ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Yelsovka” aviakorxonasining AS-50 rusumli yevrokopteri ko‘rgazmali chiqishlarda ishtirok etish uchun mahalliy aeroportga ketayotgan edi, ammo u manziliga yetib bora olmay, turar-joy binosi ustiga quladi.
Izoh (0)