Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bilan plutoniy utilizatsiyasi haqidagi kelishuvni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot internet-portalida chop etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ilgariroq Putinning o‘zi ushbu kelishuv hamda uning bayonnomalarini to‘xtatib qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ushbu tashabbus parlament tarafidan qonuniy tarzda tasdiqlandi. Parlament tomonidan 19-oktabrda qabul qilingan qonun 26-oktabrda Federatsiya Kengashi tomonidan ma’qullandi va endilikda prezident tomonidan imzolandi; u imzolangan kunidan — 31-oktabrdan kuchga kiradi.
Izoh (0)