Misrdagi aeroportlardan birida Azur Air Ukraine aviakompaniyasi yo‘lovchilari samolyotga yuklarini o‘zlari ortishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda yo‘lovchilardan biri Sergiy Chernishov Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Misrda Azur Air va Anex Tour’dan nou-xau. Yo‘lovchilar yuklarini o‘zlari joylashtiryapti. Hali nazoratchilarni olib kelishsa edi”, — deb yozdi erkak.
Chernishovning hikoya qilishicha, avtobus samolyot oldida to‘xtaganidan so‘ng yo‘lovchilar o‘z buyumlarini olib, ularni yukxonaga joylashtira boshlagan, shundan so‘ng samolyotga chiqqan. Bu ish nega yo‘lovchilarning o‘ziga qolgani xabar qilinmagan.
Izoh (0)