31-oktabr kuni Bag‘dodda kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, portlovchi modda o‘rnatilgan avtomobil Bag‘dodning tumanlaridan birida havoga uchirilgan. Yaradorlar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Birorta guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)