“Barselona” hujumchisi Lionel Messining o‘g‘li klubda birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Alberto Roxe Twitter orqali xabar qildi, deb yozmoqda “TASS”.
“Messining o‘g‘li Tyago ‘Barselona’da mashg‘ulotlarga kirishdi”, — deb yozdi jurnalist.
4 yoshli Tyago Messi “Barselona maktabi” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Loyiha 3–5 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan.
Izoh (0)