AQShning Apple korporatsiyasi Buyuk Britaniyada sotilayotgan ayrim uskunalarining narxini ogohlantirishsiz 20 foizga ko‘tardi. Bu Brexit’dan so‘ng funt sterling qadrining tushishi oqibatlarini bartaraf etish uchun amalga oshirildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
The Verge va The Telegraph nashrlarida keltirilishicha, narx oshishi birinchi galda iMac kompyuterlari hamda MacBook noutbuklariga taalluqli bo‘ldi.
13 dyuymli MacBook Pro’ning yangi versiyasi endilikda Britaniyada 1449 funt turadi. AQShda bu uskunaning narxi 1499 dollar yoki 1232 funtni tashkil etadi.
Iyuldagi referendumdan so‘ng funtning qadri taxminan 18 foizga tushib ketdi.
Izoh (0)