BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyaning Idlib viloyatida maktabning o‘qqa tutilishi haqidagi xabarlardan dahshatga tushdi hamda hodisa yuzasidan zudlik bilan va xolisona tekshirish o‘tkazishga chaqirmoqda. Bu haqda 27-oktabr, payshanba kuni bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, agar maktabga hujum qasddan amalga oshirilgan bo‘lsa, u harbiy jinoyat deb hisoblanishi mumkin.
“Bosh kotib bu va Suriyadagi bu kabi fuqarolarga qilingan hujumlarni zudlik bilan va xolisona tekshirishga chaqirmoqda”, — dedi Dyujarrik.
Uning ta’kidlashicha, hujum ijrochilari odil sudlovdan qo‘rqmaganligi uchun Suriyada bu kabi jinoyatlarni amalga oshirishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, BMT bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Entoni Leyk Suriyaning Idlib shahridagi maktabga nisbatan uyushtirilgan bir nechta aviazarba oqibatida 22 nafar bola va olti nafar o‘qituvchi halok bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)