Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10–15-oktabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Mug‘om” xalqaro festivalida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Maftuna Abdumuxtorova 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Maftuna Abdumuxtorova. Foto: O‘zA

Maftuna Abdumuxtorova. Foto: O‘zA

Dunyoning ko‘plab davlatlaridan iste’dodli yoshlar ishtirok etgan festivalda Maftuna ijrosidagi milliy maqom qo‘shiqlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

“‘Mug‘om’ xalqaro festivalida O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasliklarini yana bir bor namoyish etganimizdan xursandmiz, — dedi Maftuna. — Ayniqsa Uvaysiy g‘azali bilan aytiladigan ‘Tokay’ qo‘shig‘i barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi”.

Endi 13 yoshni qarshilagan Maftuna bunga qadar ham qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi