Alvido, chang! Aksariyat zamonaviy changyutgichlar jiddiy kamchilikka ega — tortib olinayotgan changning ma’lum qismi atmosferaga qaytadi. Qaysidir changyutgichda filtrlar o‘z ishining uddasidan chiqmasa, boshqasida konteynerning ehtiyotkorlik bilan tozalanmasligi natijasida chiqindi zarralari tashqariga chiqib ketadi.
Shunday bo‘lsa-da, LG’dan changni presslovchi ilk texnologiya qayta ifloslanishning barcha sabablarini bartaraf qiladi. Siz changyutgich bilan uylarni tozalayotgan paytingizda konteyner ichidagi maxsus bleyd chiqindini havo oqimidan chetda presslaydi. Bu esa, birinchidan, changyutgichning kuchi doimo nominal bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, filtrlar tiqilib qolmaydi va inson ko‘zi ilg‘amas millionlab mayda chang zarralarini havoga qaytarmaydi. Uchinchidan, konteynerni tozalashda alohida briketlarga presslangan chiqindilar sochilib ketmaydi va havoni ifloslantirmaydi. To‘rtinchidan, presslash tizimi standart o‘lchamdagi konteyner sig‘imini kamida uch barobar kattalashtiradi.
Alvido, allergenlar va yoqimsiz hidlar! Changyutgichning innovatsion modellariga o‘rnatilgan to‘rt qavatli ko‘mir filtr, ya’ni NeRA-filtr — bu nafaqat changning mayda zarrachalari uchun to‘siq, balki odatiy changyutgichlarda bizga yoqmagan barcha kamchiliklar uchun to‘siqdir.
Yoqimsiz hidlarni bartaraf qiluvchi filtr, mikrochanglarni ushlab qoluvchi filtr, bakteriyalarga qarshi filtr va nihoyat, tashqi to‘rli filtr — mukammal toza havoning formulasi ana shunday.
Britaniyaning allergiya bilan kurashuvchi fondi va Germaniyaning nufuzli SLG sertifikatlangan laboratoriyasi havoni allergenlar hamda zararli mikrozarrachalardan tozalash ko‘rsatkichlari uchun LG changyutgichlarining innovatsion modellariga yuqori baho berdi.
LG internet tarmoqlarida:
FacebookReklama huquqi asosida.
Izoh (0)