Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ginness rekordlar kitobi vakillari AQShning Florida shtatidagi Brandenton shahri okeanariumida dunyodagi eng keksa lamantinni aniqladi. Snuti laqabli jonivorning yoshi 68 da bo‘lib, u butun umr mahalliy hovuzda yashagan, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Keksa lamantinning hayoti haqidagi videorolik Ginness kitobining YouTube’dagi rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Snuti 1948-yilning 21-iyul kuni dunyoga kelgan. U ko‘pdan buyon shaharning eng diqqatga sazovor jonivorlaridan biriga aylangan.

Florida lamantinlari 4,5 metrdan ortiq uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Ilgari ular go‘shti va yog‘i uchun ovlangan, hozirgi paytda esa ushbu jonivorlarni ovlash taqiqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?