London–2012 va Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarining velosiped poygasi bo‘yicha chempioni, avstraliyalik Kerol Kukning Rioda qo‘lga kiritilgan ikkita oltin medali o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, o‘g‘rilik Melburn shahrida, Viktoriya sport instituti yaqinida sodir bo‘ldi. O‘g‘rilar 55 yoshli sportchi ayolga tegishli avtomobilning oynasini sindirib, ichidan medallarni o‘g‘irlagan.
“Bu shunchaki medallar, katta fojia bo‘lmadi. Men ularni istagan odamga, ayniqsa, maktab bolalariga ko‘rsataman. Medallarni berkitib qo‘yadiganlardan emasman. Ularni o‘zim bilan olib yurib, atrofdagilarga ko‘rsataman”, – dedi Kuk.
Sobiq politsiya ofitseri Kerol Kuk 1998-yildan buyon sklerozdan aziyat chekadi. 2001-yildan u nogironlar aravachasida harakatlanadi.
Izoh (0)