Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 26-oktabr, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Xabar berishlaricha, 26-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati -8...-3 darajagacha sovuq, Toshkent shahrida -1...+1 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida -2...+3 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 0...+5 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida 0...+5 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2...+7 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +5...+10 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +7...+12 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +8...+13 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +15...+17 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 26-oktabrga o‘tar kechasi va 26-oktabr kuni kunduzi O‘zbekistonning faqat tog‘li hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman tushishi ehtimoli bor.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi