Braziliya politsiyasi “Marakana” stadionida futbol bo‘yicha mamlakat chempionati doirasida “Flamengo” (Rio-de-Janeyro) va “Korintians” (San-Paulu) klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yin vaqtida 31 futbolchini hibsga oldi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uchrashuv yakunlanishidan biroz avval har ikki klub muxlislari bir-biriga turli buyumlarni uloqtirishni boshladi. Keyinroq “Korintians” ishqibozlari tribunalar orasidagi to‘siqni buzdi. Ularga xalal berishga uringan bir necha politsiya xodimi yengil jarohatlar oldi.
Hibsga olinganlarning barchasi “Korintians” muxlislari bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan “Korintians” rahbariyati huquq-tartibor xodimlarining xatti-harakatini tanqid ostiga olib, aybdorlar o‘rniga klubga muxlislik qilganlarni qo‘lga olganlikda aybladi.
Qayd etish joiz, “Marakana” stadionida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv Rio–2016 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridan keyin bo‘lib o‘tgan birinchi sport tadbiri bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)