Turkiyaning Giresun qamoqxonasida saqlanuvchi 60 ga yaqin mahbus mahalliy “Giresunspor” jamoasining “Boluspor”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvini bevosita stadiondan turib kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Giresun viloyati prokurori Ozan Qayya taqdim etgan maxsus ruxsatnoma asosida mahbuslar stadionga keltirildi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahbuslardan tanlab olingan ishqibozlar qorovul qurshovida maxsus sektorni egalladi. Ularning sektorida “Giresun qamoqxonasi rahbariyati ‘Giresunspor’ jamoasiga omad tilaydi” deb yozilgan transparant osib qo‘yilgan edi. Futbolchilar mahbuslarning olqishlariga javoban ularni ham olqishladi.
Prokuror o‘z qarorini sport musobaqalariga borish mahbuslarning ijtimoiylashuviga ijobiy ta’sir o‘tkazishi bilan tushuntirdi.
Izoh (0)