Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Saudiya Arabistoni va Vyetnam final ostonasidagi bosqichga yo‘l olib, mundial chiptasini ham qo‘lga kiritgandi.
Chorak finalning uchinchi o‘yinida Yaponiya yoshlari Tojikistonga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. Guruh bosqichida kunchiqar yurt termasi O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi Eron bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Qatar Yaman ustidan zafar quchgandi.
Tojikiston termasi esa o‘z guruhida Xitoy hamda Avstraliyani qoldirib ketdi. O‘zbekistondan 1:2 hisobida yengilgan tojikistonlik futbolchilar Xitoyni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Avstraliya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.
Yarim final yo‘lidagi so‘nggi o‘yin O‘zbekiston va Eron yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Chempionati—U19 Chorak final 24-oktabr, dushanba
Izoh (0)